Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Yangi yo‘nalishdagi avtobuslar 1-iyundan boshlab harakatlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkent shahrida ikkita yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Poytaxtda 1-iyundan boshlab 131-sonli va 156-sonli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda.
Unga ko‘ra, 131-sonli “Do‘stlik 2-mavzesi - Olimpiya mavzesi” oralig‘ida magistral avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda.
Yo‘nalish “Do‘stlik 2-mavzesi - Olimpiya mavzesi” oralig‘ida "King Long" rusumdagi o‘ta katta sig‘imli avtobuslar 17 ta jadval asosida 9 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.
Shuningdek, 156-sonli “G‘alaba mahallasi-Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi” yangi yetkazib beruvchi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Ushbu avtobus yo‘nalishi 4 ta jadval asosida harakatlanadi.
Ushbu yangi avtobus yo‘nalishi 75-sonli avtobus yo‘nalishi Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasiga qadar qisqartirilganligi sababli hamda Obod, Samarqand, Saidota, G‘alaba mahallarida istiqomat qilayotgan ko‘p sonli aholining ehtiyojini, talab va takliflarini inobatga olgan holda tashkil etilmoqda.