TOShKENT, 18-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti "Markaziy Osiyo - Xitoy" birinchi sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Sian shahrida 18-19 may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishadi.