Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Sian shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shensi provinsiyasining Sian shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Sian shahrida 18-19 may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishadi.