TOShKENT, 18-may — Sputnik. Tataristonda o‘tkazilayotgan “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumida 100 ga yaqin shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya Bosh Vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qildi.
Bo‘lajak “KazanForum”da transport infratuzilmasi sohasida bir qator shartnomalar imzolashi rejalashtirilgan. Kun tartibidan “Shimol-Janub” xalqaro transport koridorini rivojlantirish, shuningdek, temir yo‘l qurilishi rejalarini sinxronlashtirish masalalari o‘rin olgan.
“Yana bir istiqbolli yo‘nalish – halol qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiyadan eksport qilishdir. Umuman olganda, forumning ishbilarmonlik dasturi doirasida 100 ga yaqin shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan”, deydi Marat Xusnullin.
Eslatib o‘tamiz, Tatariston poytaxtida “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum 200 ga yaqin tadbirlarni, xususan, strategik sessiyalar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.