Namanganda xalqaro festival uchun tayyorlangan gullar qanday saqlanadi — foto

Namangandagi 8,5 sotix maydonda turli kompozitsiyalar yaratilib, 120 ming dona gul ekish ishlari nihoyasiga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Namanganda o‘tkaziladigan 62-xalqaro gullar festivalida gullarni bir oy davomida yashnab turishi uchun tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalaniladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi Farhod Mamadaliyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
Namanganda 21-maydan 21-iyun kuniga qadar o‘tkaziladigan 62-xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in kechmoqda.
Qayd etilishicha, xalqaro festivalga tayyorgarlik 1 oy avval boshlangan.

“Hozirda Namangan gullarga burkanda, shahar ko‘chalari va xiyobonlar o‘zgarib ketdi. Ishonamanki, bu festival hamma uchun unutilmas lahzalarni tuhfa etadi. Biz barcha mehmonlarni kutib olishga tayyormiz”, - dedi Farhod Mamadaliyev.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomli bog‘da ajratilgan 8,5 sotix maydonda turli kompozitsiyalar yaratilib, buning uchun 15 xildagi 120 ming dona gul ekish ishlari nihoyasiga yetgan. Hududdagi gullar bir oy davomida yashnab turishi uchun tomchilatib sug‘orish anjomlari ulangan.
Shuningdek, Namangandagi Markaziy Osiyoda bebaho va yagona hisoblangan “Afsonalar vodiysi” ham gullar bilan bezatilgan.
Xalqaro gullar festivali Madaniyat va turizm vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Unda "Namangan Tech Summit" xalqaro IT forumi, taniqli o‘zbek va xorij yulduzlarining konsertlari, modalar haftaligi ("Fashion Week"), folklor guruhlarining chiqishlari, lazer, dron, illyuziya va talant shoular, hunarmandlarning milliy ko‘rgazmalari, xalqaro etnosport turnirlari bo‘lib o‘tadi.