TOShKENT, 18-may — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumida O‘zbekiston stendlari bilan tanishdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tatariston poytaxtida “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda 85 mamlakatdan 7 210 kishi, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston stendida meva-sabzavotlar, charm va poyabzal mahsulotlari namoyish etilmoqda.