TOShKENT, 18-may — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlari formati jahondagi geosiyosiy notinchlik va geoiqtisodiy keskinliklar sharoitida uzoq muddatli istiqbolga xizmat qiladi. Bu haqda Toshkentning "Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Xitoyning Sian shahrida 18-19 may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishadi.
“Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari darajasidagi uchrashuvlarning yangi formati uzoq muddatli loyiha bo‘lib, u uzoq muddatda ishlaydi”, — dedi Ergashev.
Uning qayd etishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi davlat rahbarlarining XXR raisi bilan uchrashuvi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan.
Xitoy bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan o‘ziga xos hamkorlik formatiga ega bo‘lish tomon yurdi.
Xususan, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi “Xitoy+Markaziy Osiyo” formati 2020-yil pandemiya yilidan qayta ishlay boshladi, deya eslatdi Ergashev.
"Nega bu uchrashuv hozir bo‘lib o‘tmoqda? Chunki bugungi kunda munosabatlardagi keskinlik nafaqat Rossiya va AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari bloki o‘rtasida mavjud, ammo AQSh va Xitoy o‘rtasidagi keskinlik juda jiddiy o‘sib bormoqda, xususan, Tayvan maqomi bilan bog‘liq hamma narsa”, - deb hisoblaydi ekpert.
Ergashevning fikricha, Markaziy Osiyoning nafaqat Rossiya, balki Xitoy bilan ham munosabatlariga tahdid solayotgan joriy sanksiya urushlarida mintaqa davlatlari ikkilamchi sanksiyalar “tuzog‘iga” tushib qolishni istamaydi.
“Mantiqning o‘zi bu davlatlardan hozirgi keskin sharoitda Rossiya va Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining imkoniyatlari va chegaralarini aniqlashni talab qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi ekspert.