TOShKENT, 18-may — Sputnik. Taniqli amerikalik investor Jim Rojers Yevropa Ittifoqi (YeI) siyosiy ittifoq sifatida qulashi mumkin deb hisoblaydi va allaqachon yevpopaliklar muammolarga duch kelishayotganini ta’kidladi. Bu haqda u RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bunga o‘xshash biror bir siyosiy ittifoq butun o‘z tarixi davomida omon qolmagan, bu siyosiy ittifoqning esa muammolari kuzatilmoqda”, - deya javob berdi Rojers YeI siyosiy ittifoq sifatida omon qoladimi degan savolga.
Investorning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya YeI tarkibidan chiqib bo‘lgan va “boshqa siyosatchilar bu haqda og‘iz ocha boshlashgan”. U agar dunyoda jiddiy iqtisodiy muammolar boshlansa, bu faqat YeI mamlakatlariga qo‘shimcha bosim tug‘diradi va boshqa davlatlar tark etishni boshlashadi deb hisoblaydi.
Ekspert Yevropa halokatga uchrashi mumkin deb hisoblashini qo‘shimcha qildi, chunki mintaqa energetika va oziq-ovqatdan mahrum bo‘ladi.
“Bilasizki, oziq-ovqat va energetika bilan muammolari bor mamlakatlarning siyosiy xususiyatdagi muammolari boshlanadi. Va bu turli muammolarni keltirib chiqaradi”, - dedi Rojers va Ukrainaga yordam yetkazib berish ham rol o‘ynashini qo‘shimcha qildi.
Investorning fikriga ko‘ra, ayrim Yevropa mamlakatlari hozir o‘zlarining AQShga bo‘lgan qaramliklarini qayta ko‘rib chiqishmoqda.