TOShKENT, 18-may — Sputnik. Alisher Sultonov prezident maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqida O‘zA xabar bermoqda.
Alisher Sultonov prezidentning neft, gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, - deyiladi xabarda.
U 2022-yil aprelda sog‘ligi tufayli energetika vaziri lavozimidan ketgan edi.