TOShKENT, 17-may — Sputnik. 2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 38,7 mln yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 11,3 mln nafarga ko‘p.
Shuningdek, 2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 430,1 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan. Bu esa 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,3 foiz ko‘p.