Tanzila Narbayeva Ozarbayjon parlamentining maxsus majlisida ishtirok etdi – foto

Boku shahrida Ozarbayjon umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning 100-yillik yubileyiga bag‘ishlangan Ozarbayjon respublikasi parlamenti - Milliy Mejlisining maxsus majlisi o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjon parlamentining maxsus majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa prinyala uchastie v spetsialnom zasedanii parlamenta Azerbaydjanskoy Respubliki
Kecha, 16-may kuni Boku shahrida Ozarbayjon umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning 100-yillik yubileyiga bag‘ishlangan Ozarbayjon respublikasi parlamenti - Milliy Mejlisining maxsus majlisi o‘tkazildi. Maxsus majlisga 26 ta davlatning parlamentlari rahbarlari va a’zolari, 4 ta xalqaro parlament tashkiloti vakillari taklif etildi. Tadbirda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Parlament delegatsiyalari Faxr xiyobonida Haydar Aliyev qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa prinyala uchastie v spetsialnom zasedanii parlamenta Azerbaydjanskoy Respubliki
Shundan so‘ng Ozarbayjon Milliy Mejlisida Haydar Aliyev shaxsi va merosiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bilan tanishildi.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa prinyala uchastie v spetsialnom zasedanii parlamenta Azerbaydjanskoy Respubliki
Maxsus majlisda so‘zga chiqqanlar Haydar Aliyev XX asrning atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi sifatida tarixdan joy olgani, uning ko‘p qirrali faoliyati mamlakatni xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga xizmat qilganiga to‘xtaldi.

“O‘zbekistonda Haydar Aliyev xotirasi yuksak darajada qadrlanishini ta’kidlamoqchiman. O‘zbek xalqi bu tarixiy shaxs, yirik siyosatchining O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan hissasini doimo yodda tutadi. Uning xotirasi yurtimizda abadiylashtirilgan. Bugun Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biriga Haydar Aliyev nomi berilgan, uning yorqin xotirasiga yodgorlik barelyefi o‘rnatilgan. Bu o‘zbek xalqining ozarbayjon xalqi milliy yetakchisiga bo‘lgan yuksak hurmatining ifodasidir”, - dedi Narbayeva.

Shuningdek, Senat raisi o‘z so‘zida Ozarbayjonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, millat birdamligi shakllanishi va milliy tafakkur tubdan o‘zgarishi Haydar Aliyev nomi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa prinyala uchastie v spetsialnom zasedanii parlamenta Azerbaydjanskoy Respubliki
Predsedatel Senata Oliy Majlisa prinyala uchastie v spetsialnom zasedanii parlamenta Azerbaydjanskoy Respubliki
Eslatib o‘tamiz, kecha Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevani qabul qilgan edi.