Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etadi.
Davlat rahbari yig‘ilishda nutq so‘zlashi, tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.