TOShKENT, 17-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Xitoyga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 18-19 may kunlari Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Sian shahrida 18-19 may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishadi.