Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Qrim, Donbass va Ukrainaga bag‘ishlangan she’rlar to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kitob mualliflari ushbu to‘plam ham bir vaqtlar barchaga yod bo‘lib ketgan Ulug‘ Vatan urushi haqidagi she’r va qo‘shiqlar kabi rus madaniy merosining bir qismiga aylanishiga ishonch bildirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. “Rossiya segodnya” media guruhining Xalqaro multimedia matbuot markazida 16-may kuni “Rossiya yozi she’riyati” (“PoeZiya russkogo leta”) to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Zamestitel glavnogo redaktora telekanala RT Anna Belkina.
RT telekanali tahriri ostida yaratilgan to‘plamga 25 nafar muallifning 2014-yildan buyon ijod qilib kelayotgan she’r va dostonlari kiritilgan.
“Mazkur to‘plamdagi she’rlar Qrim, Donbass va Ukrainada sodir bo‘layotgan va sodir bo‘lgan voqealarni o‘zida mujassam etgan. Ularda og‘riq, umid, kuchsizlik va qudrat kabi tushunchalar birdek ifodalangan”, – fikr bildirdi RT telekanali bosh muharriri o‘rinbosari Anna Belkina.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar urush haqida ijod qilayotgan shoirlarning asarlaridan anchadan buyon xabardor bo‘lgan, biroq, mamlakatda, umumiy olganda, ularni o‘qiydiganlar kam. Shu bois ularning ijodini keng ommaga yetkazish g‘oyasi tug‘ildi.
Prezentatsiya sbornika "PoeZiya russkogo leta"
“Umid qilamizki, bu she’riy to‘plam ham bir vaqtlar barchamizga yod bo‘lib ketgan Ulug‘ Vatan urushi haqidagi she’r va qo‘shiqlar kabi rus madaniy merosining bir qismiga aylanadi”, – dedi Belkina.
Kitob Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-na-Donu, Samara, Novosibirsk, Yekaterinburg, Olmaota shaharlaridagi yirik kitob do‘konlarida sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, butun Rossiya bo‘ylab tarqatilishda davom etadi. Uni “Chitay gorod”, “Bukvoyed”, “Labirint”, “Molodaya gvardiya”, “Moskovskiy dom knigi”, “Torgoviy dom Moskva”, “Amital” va boshqalar kitob savdosi tarmoqlarida, shuningdek, OZON, Wildberries, “Labirint” va “Yandeks” onlayn-platformalarida harid qilish mumkin.
Direktor Departamenta po strategicheskim kommunikatsiyam izdatelskoy gruppi "Eksmo-AST" Yekaterina Kojanova.
Bundan tashqari, 16-maydan boshlab bir oy davomida xohlovchilar “Litres” platformasida to‘plamni bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
“Kitobxonlar yangi harbiy she’riyatni qanday qabul qilishini o‘rganish biz uchun juda qiziq. Shuningdek, biz birgalikda bu talabni yaratamiz va mustahkamlaymiz deb umid qilamiz”, – dedi “Eksmo-AST” nashriyot-guruhi strategik kommunikatsiyalar departamenti direktori Yekaterina Kojanova.
Kojanovaning so‘zlariga ko‘ra, to‘plam 18-may kuni – XVIII Sankt-Peterburg xalqaro kitob yarmarkasida, 3-iyun kuni – “Krasnaya ploshad” kitob festivalida, shuningdek, an’anaviy ravishda avgust oyining oxirida Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Moskva xalqaro kitob yarmarkasida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Kitob do‘konlarida kitob taqdimotlari ham bo‘lib o‘tadi.
Prezentatsiya sbornika "PoeZiya russkogo leta"
Kitob sotuvidan tushgan mablag‘ning bir qismi RT deyarli uch yildan beri olib borayotgan “Urush bolalari” loyihasiga yo‘naltiriladi. Loyiha doirasida jabrlangan bolalarga davolanish va tiklanishda yordam ko‘rsatilmoqda.
Odin iz avtorov sbornika Dmitriy Artis
To‘plam mualliflaridan biri Dmitriy Artis kitob muqovasida orqasi burilgan holda tasvirlangan rus askari haqiqatda prototipga ega ekanligiga e’tibor qaratdi.
“Ushbu rasmda prezident farmoni bilan Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan askar tasvirlangan. Ya’ni bu haqiqiy, tirik inson. Bu bolalarni himoya qilgan, ko‘chalarimizda gullar o‘sishi, xonadonlarimizda kitoblar bo‘lishi uchun bizni himoya qilayotgan insondir”, – dedi u.
Poet Mariya Vatutina
Artisning fikriga ko‘ra, Rossiyaliklar xiyonat estetikasida, ma’lum bir oqim doirasida juda uzoq vaqt yashashdi.

“Shu payt kitobxon birdan e’tiroz bildirdi: “Yetar! Biz endi chiday olmaymiz! Bizga oliyjanoblik, poklik, yorug‘lik va himoyani o‘zida mujassam etgan oddiy ruscha tushunchalar timsoli kerak!”, – dedi u.

Shoir Mariya Vatutina to‘plamni adabiy tarixiy voqea deb atadi.
“Biz harbiy qismlarda bo‘lamiz va urushdan qaytgan askarlar bilan uchrashamiz. Kimdir front chizig‘igacha borib keladi. Biz haqiqatni bilamiz va shuning uchun ham maxsus operatsiya davridan bizning she’rlarimiz qolishini istaymiz”.