Qozog‘istonda yuz bergan avariyada ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi — foto

Qozog‘istonning Samara-Chimkent yo‘lida ikki avtomobilning to‘qnashuvi fojia bilan yakunlandi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Qozog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi (YTH) oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda "Musofir" Telegram-kanali mamlakat IIV xabariga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, Aqto‘be viloyatidagi Samara-Chimkent yo‘lida "Toyota RAV-4" va "Chevrolet Lacetti" mashinalari to‘qnashib ketgan. Natijada "Lacetti" haydovchisi va bir yo‘lovchisi (O‘zbekiston fuqarolari) voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, to‘qnashuv oqibatida yana olti kishi, jumladan, besh yoshli bola kasalxonaga yotqizilgan.
Dva inostransa pogibli v DTP v Aktubinskoy oblasti
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.