O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan noyob eksponatlar — foto

Inson badiiy tafakkuri va ma’naviyati ijod olamida o‘ziga xos, unutilmas va bebaho asarlar yaratishga asos bo‘ladi. Yillar esa ijodkorga hayot tajribasini, kuch va g‘alabalarni tuhfa etadi.
Sputnik
Taniqli rassom va hunarmandlarning O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan noyob asarlari namunalari. Fotojamlanma Sputnik muxbiri Dostonbek Rahmatullayev tomonidan tayyorlandi.
1 / 12

Ayollar xalati. Milliy ustki kiyim, uzun yengli parcha, biroz jihozlangan, pastga qarab kengayadi. U paxta momig‘iga yupqa qilib tikilgan. Zarlar va ranglar bilan bezatilgan, naqshinkor. Xalatning tikuvdagi bichimi qadimiy xorazm uslubda bo‘lganligi uchun noyob sanaladi.

2 / 12

Ayollar xalati. Xiva, 1960 va 1970-yillar. O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida saqlanadi.

3 / 12

Ikki tuya. Mato, moybo‘yoq. Asar hajmi 81 x 100 sm.

Rassom Bazarbay Serekeyev tomonidan 1990-yilda yaratilgan kartina.

Hozirda I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida saqlanadi. Asar mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangan. Kartinada erkak tuyani tepadan suv ichayotgani va urg‘och tuyani pastki qismdan suv ichayotgan tasvirini ko‘rish mumkin.

4 / 12

“Yurmado‘zi” ayollar do‘ppisi. 1960 yilda Toshkentda yaratilgan. Do‘ppi kvadrat shaklida bo‘lib, ipak matodan qo‘l mehnatida yaratilgan. Hozirda O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida saqlanadi. Turkiy xalqlardan asosan o‘zbek va tojik qizlari foydalangan. Murakkab qo‘l mehnati va o‘ziga xos uslubda yaratilgani uchun noyob sanaladi.

5 / 12

Amir Temur portreti. O‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev tomonidan 1994-yilda yaratilgan. Kartinada Sohibqiron Amir Temur taxtda o‘tirgan holatda tasvirlangan. Hozirda Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanadi. Amir Temur qiyofasi va savlatini yorqin va o‘ziga xos tarzda ifodalagan.

6 / 12

Qush shaklidagi oftoba. (Muallifi noma’lum) Metall buyumdan yasalgan eksponat. Hajmi 33x40 sm. Hozirda O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida saqlanadi. Noyob uslubda yasalganligi uchun antiqa eksponat sifatida saqlanadi

7 / 12

G‘ildirakli naturmort. Kartina, Sapo Do‘schanov 1987-yil. Kartinada xo‘jalikda ishlatiladigan aravaning g‘ildiragi tasvirlangan.

Hozirda “Ichan qal’a” muzey qo‘riqxonasida saqlanadi.

8 / 12

Raqqos bola portreti

Abdulhaq Abdullayev 1964-yil. Kartinada milliy libosdagi raqqos bola tasvirlangan.

Hozirda O‘zbekiston zamonaviy sanati muzeyida saqlanadi.

9 / 12

Dutorchi qiz. Kartina, 138,5x170 sm.

Pavel Benkov 1947-yil. Kartinada dutor ushlab o‘tirgan qiz tasvirlangan.

Hozirda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi fondida saqlanadi.

10 / 12

"O‘zbekiston ne’matlari" naturmort. Rubin Ilya, 1979-yil.

Kartinada ho‘l meva, poliz ekinlari, non va boshqalar tasvirlangan.

Hozirda O‘zbekiston zamonaviy sanati muzeyida saqlanadi.

11 / 12

Arba. Mato, moybo‘yoq. Asar hajmi 75,5 x 114 cm.

Avangard uslubida, geometrik kompozitsiya tasvirlangan. Aleksandr Volkov 1924-yil.

Hozirda I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat San’at muzeyida saqlanadi.

12 / 12

Xudoybergan Devonov - portret.

Erkaboy Masharipov tomonidan 1984-85 yillarda yaratilgan.

Kartinada o‘zbek operatorlik maktabi asoschisi Xudoybergan Devonov tasvirlangan.

Hozirda O‘zbekiston zamonaviy sanati muzeyida saqlanadi.

Maqola O‘zbekiston Madaniy meros agentligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. Rasmlar muzeylar fondlaridan olingan.