O‘zbekiston velosportchilari 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Xalqaro velosportchilar ittifoqining taqvim rejasidan o‘rin olgan ushbu turnirda 14 mamlakatdan 120 nafar sportchi Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishdi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Poytaxt va Toshkent viloyati trassalarida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” ko‘pkunlik poygalari yakunlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Xalqaro velosportchilar ittifoqining taqvim rejasidan o‘rin olgan ushbu turnirda 14 mamlakatdan 120 nafar sportchi Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishdi.
Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Turnirda shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sportchilar:
Oltin medal:
Yanina Kuskova (2 ta);
Olga Zabelinskaya;
Margarita Misurina;
Ulug‘bek Saidov.
Kumush medal:
Olga Zabelinskaya (2 ta);
Yanina Kuskova.
Bronza medal:
Margarita Misurina;
Begzod Rahimboyev;
Aleksey Fomovskiy.
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining ma’lum qilishicha, ushbu musobaqa orqali mamlakat erkaklar terma jamoasi 151, ayollar jamoasi esa 402 reyting ochkosini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali jahon reytingida ayollar jamoasi 23-o‘rindan 19-pog‘onaga, yigitlar esa 52-o‘rindan 45-pog‘onaga ko‘tarildi.