Bir necha YeI davlatlari yashirincha Zelenskiyni mojaroni to‘xtatishga chaqirmoqda – Xersh

Ta’kidlanishicha, bu guruhga Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Vengriya, Latviya, Litva va Estoniya kiradi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Polsha boshchiligidagi bir guruh Yevropa davlatlari yashirincha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni mojaroni to‘xtatishga chaqirmoqda. Bu haqda amerikalik jurnalist, Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh ma’lum qildi.
“Bu guruhga Polsha rahbarlik qilmoqda <...>, u yashirincha Zelenskiyni mojaroni yakunlash usulini topishga chaqirmoqda – hatto, agar bu uchun iste’foga chiqish kerak bo‘lsa ham”, - deya yozadi Xersh o‘zining saytida.
Jurnalistning ta’kidlashicha, bu guruhga Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Vengriya, Latviya, Litva va Estoniya kiradi.
Rossiya va Ukraina Afrikaning tinchlik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi – JAR prezidenti
Xershning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti bunga rozi bo‘lmayapti va qo‘shnilarining qo‘llovini yo‘qotishni boshlayapti.