TOShKENT, 17-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ta’lim olgan 95 nafar afg‘onistonlik bitiruvchiga diplom va sertifikatlar topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Ular 10 oy davomida tikuvchilik, turizm hamda AKT yo‘nalishlarida tahsil oldi. Shuningdek, agrobiznes yo‘nalishida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, undan daromad ko‘rish sirlarini ham o‘rganishdi.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
O‘quvchilar viloyatda mavjud sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi korxonalari, IT PARK va mehmonxonalar hamda nomoddiy madaniy me’ros faoliyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Endilikda ular o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari, g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirishlari mumkin.