Tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi

Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 16-may — Sputnik. 2023-yil 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi. Bu prezident 12-may kuni imzolagan “Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan.
Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.
2023 yil 1-oktabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.
2023 yil 1-iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi.
2023 yil 1-oktabrdan:
tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi;
mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.
2024 yil 1-oktabrgacha respublikada qo‘shimcha ikkita gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.
Yangi iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlariga ulash tartibi o‘zgardi