TOShKENT, 16-may – Sputnik. Rossiya va G‘arbning Markaziy Osiyoga munosabati tubdan farq qiladi, bu haqida “Valday” xalqaro munozara klubi anjumanida Rossiya tashqi ishlar vazirining MDH bo‘yicha o‘rinbosari Mixail Galuzin aytib berdi.
“G‘arb Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiya va Xitoyni jilovlash vositasi sifatida qaraydi hamda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo yo‘llarida joylashgan ushbu muhim chorrahani nazorat ostiga olishni istaydi. Rossiyaning esa ushbu muhim hududga munosabati boshqacha. Biz uchun bu qo‘shni mintaqadir. U bilan umumiy tarix va ittifoqchilik va strategik integratsiyaga asoslangan o‘zaro manfaatli, teng huquqli munosabatlarning ko‘p bosqichli va keng tarmoqli tizimi mavjud. Shu o‘rinda rus tilining millatlararo aloqa vositasi sifatida o‘rnini ham unutmaslik kerak. Jumladan, Markaziy Osiyo millatlari orasida ham”, — dedi Galuzin.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning fevral oyida maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritdi. Shu bilan birga ular boshqa davlatlar, jumladan, Rossiyaning an’anaviy hamkorlari bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlaridan sanksiyalarga qo‘shilishni faol talab qila boshladi.