TOShKENT, 16-may – Sputnik. AQSh moliya vaziri Janet Yellen ehtimoliy defolt sanasi 1-iyunga bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi va Kongressdan davlat qarzi chegarasini zudlik bilan oshirishga chaqirdi. Bu haqda vazirning qonunchilarga yo‘llagan maktubida aytiladi.
“G‘aznachilik departamenti, ehtimol, iyun oyi boshida va potensial sana 1-iyunda, hukumat barcha majburiyatlarini bajara olmaydi”, - deya ogohlantirdi Yellen.
Uning fikricha, AQShning kreditga layoqatliligini davlat qarzi chegarasini darhol oshirish orqali himoya qilish mumkin.
AQSh G‘aznachiligi yanvar oyida Kongressni milliy qarz 31,381 trln dollarlik chegaraga erishishi munosabati bilan "favqulodda choralar" boshlangani haqida xabar bergan edi. Oq uy qonunchilardan uni so‘zsiz ko‘tarishni so‘ramoqda, respublikachi muxolifat nazoratidagi Vakillar palatasi esa buning o‘rniga xarajatlarni qisqartirishni talab qilmoqda.
Ayni paytda, Yellen davlat qarzi bo‘yicha qaror qabul qilmasdan turib, hukumat 1-iyunga qadar barcha majburiyatlarini bajarishda davom eta olmasligini allaqachon ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, 2022-yil 4-oktabrda Amerikaning yalpi davlat qarzi birinchi marta 31 trillion dollardan oshib, 31,12 trillion dollarni tashkil qildi. Qarzining YaIMga nisbati 133,7%ni tashkil qildi. Bu Ikkinchi jahon urushi yillaridan so‘ng qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bunga qadar AQSh davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga eng yuqori nisbati 1946-yilda qayd etilgan edi. O‘shanda bu ko‘rsatkich YaIMning 121,2 %ni tashkil qilgan. Keyinchalik 1940-1980 yillarda AQShda iqtisodiy o‘sish dinamikasi yuqori bo‘lgani sababli ushbu nisbatini 33-36% darajasiga tushirishga imkon bo‘lgan.