TOShKENT, 15-may — Sputnik. Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi iyun oyidan Samaradan O‘zbekistonning Buxoro va Farg‘ona shaharlariga parvozlarni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Utair Samaradan O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlari ochmoqda. 3-iyundan Buxoroga, 7-iyundan esa Farg‘onaga parvozlar amalga oshiriladi. Parvozlar haftasiga bir marta – mos ravishda shanba va chorshanba kunlari bajariladi”, - deyilgan xabarda.
Samaradan Buxoroga parvoz 2 soat 50 daqiqa, Farg‘onaga esa 3 soat 10 daqiqa davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Utair” 16-yanvardan Samara-Samarqand yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.