TOShKENT, 15-may — Sputnik. Lugansk markazidagi portlash oqibatida yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda Lugansk xalq respublikasi (LXR) rahbari vazifasini bajaruvchi Leonid Pasechnik ma’lum qildi.
“Barcha yaradorlar respublikaning davolash muassasalariga yotqizildi. To‘rt erkak og‘ir ahvolda, ular orasida 17 yoshli yigit hamda LXR ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Igor Kornet bor”, - deya yozdi Pasechnik o‘zining Telegram-kanalida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tibbiyot xodimlari jabrlanganlar hayotini qutqarish uchun kurashishmoqda.
Portlash davlat teleradiokompaniyasi binosi yaqinida va Hukumat uyi va Xalq kengashi binosidan 500 metr uzoqlikda joylashgan Demexin ko‘chasidagi barbershopda ro‘y bergan. LXR rahbari buni portlatish deb atadi. Hodisa joyida Rossiya Tergov qo‘mitasi xodimlari ish olib bormoqda.