Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023

Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi bo‘ldi

Jahon chempionatining bellashuvlari yakuniga yetgach, bir qator yo‘nalishlarda musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Hasanboy Do‘smatov Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi bo‘ldi.
Jahon chempionatining bellashuvlari yakuniga yetgach, bir qator yo‘nalishlarda musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi.
Xasanboy Dusmatov stal luchshim boksorom ChM
-51 kg vazn toifasida oltin medalga ega chiqqan Hasanboy Do‘smatov chempionatning eng yaxshi bokschisi, umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi esa eng yaxshi jamoa deb topildi.
Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, umumiy hisobda 9 ta medalga sazovor bo‘lishdi.