Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilmoqda

Saylovning yakuniy natijalari 19-may kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari uchun saylov uchastkalari ochildi, deb yozmoqda “Hurriyet” gazetasi.
Ovoz berish uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 17:00 gacha ishlaydi.
Oliy saylov komissiyasiga ko‘ra, 81 viloyatda 191 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. 60 721 475 nafar fuqaro ovoz berish huquqiga ega.
Xorijiy saylov uchastkalarida ovoz berish 27-apreldan 9-mayga qadar davom etdi. Unda 1,8 milliondan ortiq kishi ishtirok etdi.
Davlat rahbari lavozimiga uch nomzod – amaldagi prezident Rajab Toyib Erdog‘an (“Adolat va taraqqiyot partiyasi”), oltita muxolifat partiyasidan yagona nomzod Kemal Qilichdoro‘g‘li (“Respublika xalq partiyasi”) va “Ata” alyansidan Sinan O‘g‘an kurashmoqda.
Parlamentdagi o‘rinlarga 24 ta siyosiy partiya va 151 ta o‘z-o‘zini ko‘rsatgan nomzodlar mavjud.
Saylovning yakuniy natijalari 19-may kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.