TOShKENT, 14-may — Sputnik. Toshkentda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi kunida Abdumalik Xalokov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2 yil avval Serbiyada o‘tgan dunyo birinchiligida kumush medalni qo‘lga kiritgan Abdumalik Xalokov Toshkentda chempionlikka erishdi.
-57 kg vazn toifasining finalida o‘zbekistonlik bokschi kubalik Siyedel Xorta ustidan g‘alaba qozondi.