O‘zbekistonda doimiy aholi soni shaharda ko‘pmi yoki qishloqda?

1 aprel holatiga doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 721,7 ming nafarga ko‘p.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. 2023-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Shundan ayollar soni 17 981 152 kishini, erkaklar soni 18 216 629 kishini tashkil etgan.
Shuningdek, 2023-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 721,7 ming nafarga ko‘p:
shahar aholisi – 18 459 763 kishi;
qishloq aholisi – 17 738 018 kishi.