Boysunda 2 ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi

Boysunning “Rabot” arxeologik yodgorligi hududidan ikki ming yillik tarixga ega “yueji” davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metal va tosh taqinchoqlar, temir pichoqlar topildi.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yanada qiziqarli xabarlar >> Telegram-kanalida, obuna bo‘ling va kuzatib boring.
Boysunda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi
Boysunda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi
Ta’kidlanishicha, Shimoliy g‘arbiy universitetning Buyuk ipak yo‘li tadqiqot markazi (Xitoy) professori Liang Yung boshchiligidagi ekspeditsiya a’zolari hamda Samarqand arxeologiya instituti va Farg‘ona davlat universiteti talabalari ishtirokidagi jamoa tomonidan Boysunning “Rabot” arxeologik yodgorligi hududidan ikki ming yillik tarixga ega “yueji” davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metal va tosh taqinchoqlar, temir pichoqlar topildi.
Boysunda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi
“Ushbu topilmalar insoniyat tarixini o‘rganishda muhim hisoblanib, tarixning ochilmagan sirlarini ochishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Boysunda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi
Hozirda tadqiqot ishlari davom etmoqda.
Boysunda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi