TOShKENT, 14-may — Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. O‘zbekistonlik bokschilar orasida so‘nggi bo‘lib Saidjamshid Jafarov (-71 kg) final jangini o‘tkazdi.
Bellashuv qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovning g‘alabasi bilan yakunlandi va Jafarov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan yakunladi.