TOShKENT, 14-may — Sputnik. Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi kun bellashuvlariga start berildi.
Bugungi janglar orasida dastlab Oybek Jo‘rayev (-54 kg) chempionlik uchun ringga ko‘tarildi.
Qozog‘istonlik Mahmud Sabirxanga qarshi jang o‘zbekistonlik bokschi uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi va Jo‘rayev musobaqani kumush medal bilan yakunladi.