TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekiston sport faxriylari kengashi hamda “Rossiya sportchilar ittifoqi” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Rossiya Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Rodion Plituxin, “Rossiya sportchilar ittifoqi” tashkiloti prezidenti David Musulbes va qilichbozlik bo‘yicha 2 karra Olimpiada chempioni Tatyana Logunova bilan uchrashdi.
Rossiyskiy soyuz sportsmenov
© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet Uzbekistana
Unda O‘zbekiston sport faxriylari kengashi hamda “Rossiya sportchilar ittifoqi” o‘rtasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Rossiyskiy soyuz sportsmenov
© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet Uzbekistana
Memarandum kelgusida har ikki mamlakat sport faxriylari ishtirokida tadbirlar tashkil etish, sport yutuqlarida ularning boy tajribasidan foydalanish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan.
Rossiyskiy soyuz sportsmenov
© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet Uzbekistana
Shuningdek, bir qator loyihalarni amalga oshirish, ko‘plab sport turlarida terma jamoalar o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, zamonaviy sportning ilm-fan yutuqlari bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha fikr yuritildi.