O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qildi?

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1981 taga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 283,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 10 489 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1981 taga oshgan. O‘zbekiston 3 oyda 19 ta davlatdan yengil avtomobillar import qilgan.
3 oyda yengil avtomobillar eng ko‘p Xitoydan (6007 ta) import qilingan. Shuningdek, Koreyadan 3643 ta, AQShdan 460 ta, Gonkongdan 187 ta, Yaponiyadan 81 ta, Germaniyadan 59 ta, Avstriyadan 14 ta, BAAdan 13 ta yengil avtomobil import qilingan.