TOShKENT, 13-may — Sputnik. Bugun Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Bahodir Jalolov oltin medalga ega chiqdi.
Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarshi jang qildi va 1-raunddayoq raqibini mag‘lub etdi!
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida oltin medal uchun 200 000 AQSh dollari beriladi. Mazkur pul mukofotlari o‘z og‘irlik vazni bo‘yicha jangga tushib, medallarni qo‘lga kiritgan har bir sportchiga topshiriladi.