TOShKENT, 13-may — Sputnik. Bugun Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
Boks bo‘yicha jahon chempionatining birinchi final janglari bo‘lib o‘tadi. Unda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg), Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) va Bahodir Jalolovga (+92 kg) Qozog‘iston, Fransiya va kubalik bokschilar raqib bo‘ladi.
13 may kuni ringga ko‘tariladigan o‘zbek bokschilari:
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston) - 17:15
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Bilal Bennama (Fransiya) - 18:15
+92 kg: Bahodir Jalolov - Alexandro Arzola (Kuba) - 18:30