TOShKENT, 13-may — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida oltin medal uchun 200 000 AQSh dollari beriladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Ushbu chempionatda IBA tomonidan tarixda ilk bor sovrindorlar uchun quyidagi mukofot jamg‘armasi joriy etilgan.
Oltin medal uchun 200 000 AQSh dollari;
Kumush medal uchun 100 000 AQSh dollari;
Bronza medali uchun 50 000 AQSh dollari.
Mazkur pul mukofotlari o‘z og‘irlik vazni bo‘yicha jangga tushib, medallarni qo‘lga kiritgan har bir sportchiga topshiriladi.
Toshkentda ilk bor o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi JChning bugun final bahslari boshlanadi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.