TOShKENT, 13-may — Sputnik. Bugun Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati finalida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev oltin medalga ega chiqdi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Asadxo‘ja 200 ming $ mukofot pulini naqd qildi.
Bugun shuningdek, Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi.