Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich 1962-yil 6-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1985-yili Toshkent politexnika institutini, 1998-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. Muhandis-iqtisodchi, pedagogika fanlari doktori, professor.
2006 yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyati:
Mehnat faoliyatini 1985-yil Toshkent politexnika institutida o‘qituvchi lavozimidan boshlagan.
1993-1999 yillarda Toshkent arxitektura qurilish institutida dekan o‘rinbosari, dekan lavozimlarida ishlagan.
1999-2003 yillar davomida Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji direktori lavozimida ishlagan.
2006 yildan Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji direktori,
2011 yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori,
2013 yildan xalq ta’limi vaziri,
2018 yildan Namangan davlat universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan.
Inoyatov 2019-yildan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi hamda 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Inoyatov 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, uning taklifi asosida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni yuqori texnologiyalar bo‘yicha kasbga tayyorlash sohasida Germaniya, Rossiya kabi davlatlarning ilg‘or tajribasini mamlakatimizda qo‘llashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Inoyatov oilali, ikki nafar farzandi bor.