Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi — harakat jadvali

“Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishidagi qo‘shimcha 2 ta reys harakati 18, 25-may kunlari amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 18, 25-may kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.
Poyezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:
60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi - Toshkent 07:55 — Andijon 13:56;
59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi - Andijon 15:55 — Toshkent 21:45.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.