TOShKENT, 12-may — Sputnik. 11-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Indoneziya hamda Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari Sunario Kartadinata va Said al-Qamziy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Baxromjon A’loyev provel otdelnie vstrechi s poslami Indoneziya i OAE
© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalari, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlar bo‘yicha siyosiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki va ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali hamda tashkiliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.
10 may kuni Bahromjon A’loyev Falastin va Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchilari Javad Muhammad Avad hamda Yusuf Al-Utaybiy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazgan edi.