O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlari to‘xtatildi

Mahmudova Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan mamlakat prezidentligiga bo‘lajak nomzod sifatida ilgari surilgan Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlari to‘xtatildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qonunchilikka ko‘ra sudya siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas. Saylov kodeksiga asosan siyosiy partiya O‘zbekiston prezidentligiga o‘z partiyasi a’zolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir.
“Shu munosabat bilan bugun Sudyalar oliy malaka hay’ati Robaxon Mahmudovaning arizasi va sud qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy sudlov hay’atining raisi Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Mahmudova nomzodi prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi. U 2020-yil 13-iyuldan hozirga qadar Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.