TOShKENT, 12-may — Sputnik. Janubiy Koreyada og‘ir atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida Rigina Adashbayeva ikkita medal qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
Jinju shahri mezbonlik qilayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasidagi -87 kg vazngacha o‘tkazilgan musobaqada Rigina Adashbayeva kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
Rigina Adashbayeva zanyala prizovoe mesto na chempionate Azii
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta
Dast ko‘tarishda 103 kg bilan kumush medalni olgan Adashbayeva, siltab ko‘tarishda 127kg natijasi evaziga ikkikurashda 230 kg bilan bronza medali sohibiga aylandi.
Rigina Adashbayeva zanyala prizovoe mesto na chempionate Azii
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta