TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning hayoti o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlanishi mumkin deb hisoblaydi.
“Kim qanday o‘lishi – bizga noayon... Lekin Kiyevdagi narkomanning aynan o‘z qo‘lidan nobud bo‘lish imkoniyati bor. Qo‘rqoqlarcha o‘z joniga qasd qilib, hayotdan ko‘z yumish. Gitler kabi ko‘p zahar yutib”, - deya yozdi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.