TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbek bokschilarining yarim finaldagi janglari boshlandi.
Qayd etilishicha, +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolovga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgan ispaniyalik Ayub Gadfa Drissi ringga chiqmasligini bildirgan.
Shu tariqa, Jalolov to‘g‘ridan to‘g‘ri finalga yo‘l olmoqda. Endi O‘zbekistondan 8 nafar bokschi ringga ko‘tariladi.