TOShKENT, 11-may — Sputnik. Toshkentda 12-14 may kunlari “Qahva va choy-2023” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Makon festivallar uyushmasi ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Toshkentning "Next Mall" xiyobonida “Qahva va choy-2023” festivali bo‘lib o‘tadi. Unda mehmonlar qahva, salqin ichimliklar, kakao, smuzi va boshqa mualliflik ichimliklarini tatib ko‘rishlari mumkin.
Aytilishicha, tadbirda Rossiya, Belarus, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya va boshqa ko‘plab mamlakatlardan mehmonlar ishtirok etadi.
Dasturda "Tea&Coffee Expo" ko‘rgazmasi, qahva va choy damlash uchun aksessuarlar, asal, murrabbolar va xunarmandchilik asarlari ko‘rgazma-yarmarkalari tashkil etiladi.
Shuningdek, Toshkent barmenlar uyi tomonidan barista va barmenlar chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda g‘alaba qozongan barista - Italiyaning Bolonya shaxrida bo‘lib o‘tadigan chempionatga yullanma oladi.
Qolaversa, seminarlar, ma’ruzalar, mahorat darslari va degustatsiyalar, barista kasbi to‘g‘risida davra suhbati va O‘zbekiston yoga federatsiyasi tomonidan ochiq yoga mashg‘ulotlari ham o‘tkaziladi.