TOShKENT, 11-may — Sputnik. 10 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Falastin davlati va Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari Javad Muhammad Avad hamda Yusuf Al-Utaybiy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
V MID sostoyalis vstrechi s poslami Palestini i Saudovskoy Aravii
© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan
Suhbatlar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Turli shakldagi bo‘lajak muloqotlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.