Samarqand delegatsiyasi Xitoydagi WTCF sammitida ishtirok etmoqda

Sammitda butun dunyodan tashrif buyurgan mehmonlarga Samarqandning turizm salohiyati, turistlar uchun yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi rejalar taqdimoti o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Xitoyning Changsha shahrida Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF) sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu sammitda dunyoning 83 davlatidan 159 sayyohlik shahri vakillari ishtirok etapti. Bu haqda madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya Samarkanda prinimayet uchastie v sammite WTCF
WTCF sammitida O‘zbekiston nomidan Samarqand shahri vakili sifatida viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov rahbarligidagi delegatsiya qatnashmoqda.
Sammitda butun dunyodan tashrif buyurgan mehmonlarga Samarqandning turizm salohiyati, turistlar uchun yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi rejalar taqdimoti o‘tkazildi.
Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasiga 2012-yilda dunyoning mashhur turistik shaharlari va tashkilotlari tomonidan asos solingan. U shaharlarga asoslangan birinchi xalqaro turizm tashkiloti hisoblanadi. Samarqand ilk bor 2018-yilda WTCF sammitida mehmon sifatida ishtirok etgan va shundan so‘ng tashkilot a’zoligiga qabul qilingan.
Xitoyda o‘tkazilayotgan sammit doirasida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov ishtirokida Xitoy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi.
Delegatsiya Samarkanda prinimayet uchastie v sammite WTCF