Rossiya NATO bilan munosabatlariga nuqta qo‘ydi

Vladimir Putin Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Sputnik
Rossiya parlamentining ikkala palatasi tomonidan ma’qullanganidan so‘ng, ushbu shartnoma nihoyat NATO bilan “do‘stlik, hamkorlik va ochiqlik” davridan qolgan hujjatlar yoniga – chiqindi qutisiga ketadi.
Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma (YeOQKSh) – 1990-yilda G‘arb bilan “hamkorlik” cho‘qqisida bo‘lgan paytda, Sovet Ittifoqi parchalanishidan oldin va Varshava shartnomasi bloki hali ham mavjud bo‘lgan davrda tuzilgan edi. Imzolovchilarning fikriga ko‘ra, Varshava shartnomasi a’zolari va NATO o‘rtasidagi kelishuv – bir harbiy blokning boshqasiga yadroviy yakunga ega bo‘lgan hujumining ehtimolini minimallashtirishi kerak edi. Shu munosabat bilan shartnomada Atlantika okeanidan Ural tog‘lari, Ural darosi va Kaspiy dengizigacha bo‘lgan hududda chegarani ikki tomonida joylashishi mumkin bo‘lgan ayrim turdagi qurollar soni bo‘yicha aniq cheklovlar belgilab qo‘yilgandi. Qolaversa, ikkala blok uchun bu hududlardagi qurollar soni teng bo‘lishi kerak edi.

Shartnoma yozilgan chiroyli oq qog‘ozga ko‘ra, SSSR va uning ittifoqchilari harbiy texnikani qayta hisoblash va uning jangovar tayyorgarligini baholash uchun NATO inspektorlariga o‘z hududlariga kirishga ruxsat berish majburiyatini oldi: strategik hamkorlik har doim o‘z bahosiga ega.

Ammo SSSR, Varshava shartnomasi mamlakatlari bloki kabi parchalandi. Tezlashtirilgan rejimda va olqishlar ostida, YeOQKSh da ishtirok etmagan – Sloveniya, Latviya, Litva va Estoniya NATOga kirdi. Keyin Chexiya va Slovakiya ko‘rinishida parchalangan Chexoslovakiya, shuningdek, Vengriya, Ruminiya va Bolgariya NATOga qo‘shildi.
Bir necha oddiy manipulyatsiyalar natijasida NATO va SSSR shartnomalari davomchisi bo‘lgan Rossiya o‘rtasidagi oddiy qurolli kuchlar nisbati uch bararvarga Shimoliy Atlantika ittifoqi foydasiga bo‘ldi.
NATOga bu vaziyat juda ma’qul keldi, lekin Rossiyaga emas. Shu sababli 1999-yilda Istanbulda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Moskva eski maqomni tiklash uchun YeOQKSh ga tegishli tuzatishlar kiritishni talab qildi. Biroq, bir qator NATO davlatlari ularni ratifikatsiya qilishdan bosh tortdi, Latviya, Litva va Estoniya esa shartnomaga qo‘shilishni umuman istamadi.
Natijada, 2007-yilda Rossiya Venada YeOQKSh ga a’zo davlatlarini favqulodda konferensiyaga chaqirdi. U yerda Latviya, Litva va Estoniya qo‘shilmasa, NATO davlatlarining qurol va jihozlar sonining umumiy darajasi pastligi borasida Rossiya bilan tenglashishi, shuningdek, bir qator boshqa shartlar bajarilmasa bu shartnomaning mavjudligida ma’no yo‘qligini ta’kidladi.
Rossiyaning ta’kidlashicha, o‘zidan mamnun NATO 1990-yilgi shartnomadagi oddiy qurollar bo‘yicha belgilangan chegaradan ancha yuqoridaligi; sobiq ittifoqchilar o‘z qurollarini NATO kvotasiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazmaganliklari; Boltiqbo‘yi mamlakatlari qurolli kuchlari hisobga olinmaganligi va Rossiya noqulay sharoitda ekanligi, uning kvotalarini ushbu shartnomaga kiritilgan mamlakatlar nazorat qila oladi, Moskva esa buni qila olmaydi. Bundan tashqari, Rossiya YeOQKSh buxgalteriyasiga e’tibor qaratishni, Bolgariya bilan Ruminiyada kengaytirilgan AQSh harbiy bazalaridagi oddiy qurollarni hisobga olishni talab qildi.

AQSh bundan juda xafa bo‘ldi va ularning bazalarini hisobga olishning iloji yo‘qligini ma’lum qildi, chunki ular vaqtinchalik – bugun bor, ertaga esa yo‘q ekan. Albatta, bu AQShning boshqa ko‘plab ta’kilovlari kabi ochiq yolg‘on edi: keyinchalik AQShning harbiy bazalari bevosita doimiy deb tan olingan Ruminiya va Bolgariya bilan kelishuvlari tafsilotlari yuzaga chiqdi.

Barcha takliflariga oddiygina “yo‘q” – rad javobini olgan holda, 2007-yilda Rossiya “NATO davlatlari Moslashuv bitimini ratifikatsiya qilmaguncha va ushbu hujjatni vijdonan amalga oshirishni boshlamaguncha” YeOQKSh shartnomasini amalga oshirishga moratoriy e’lon qildi. 2015-yildan boshlab esa qo‘shma muzokaralarda qatnashishdan bosh tortdi. Ajablanarlisi shundaki, AQSh Davlat departamentining 2022-yilda YeOQKSh bo‘yicha e’lon qilgan hisobotida aynan Rossiyani shartlarni buzganlikda ayblagan. Unga ko‘ra, yomon va ahdini buzuvchi Rossiya “shartlarni bajarishga da’vat qiluvchi AQSh va NATOning diplomatik sa’y-harakatlariga qaramay” xavfli vaziyatni yuzaga keltirganlikda ayblandi.
Shu bilan birga, Rossiyaning sherik bo‘lmagan davlatlari shuni ta’kidlashni unutishdiki, aynan Rossiya ma’lum bir paytga qadar YeOQKSh bo‘yicha o‘z majburiyatlarini, shu jumladan, Chechenistonda terrorizmga qarshi urush davrida o‘z flanglarini ayon qilgan tarzda sidqidildan bajargan.
Qanday bo‘lmasin, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, biz “bema’ni tomoshada ishtirok etayotgandek” ko‘rinishni xohlamaymiz, hozir biz bu tragikomediyaning uzoq kutilgan yakuniga yaqinlashmoqdamiz.
Tabiiyki, G‘arb va uning qo‘g‘irchoqlari Rossiyaga nisbatan havotirda, uni yana “Yevropa xavfsizligi arxitekturasini buzish”da ayblashadi va shu bilan birga LGBT odamlariga zug‘um qilayotganlikda arz qilishadi.
Ammo, oqqa qora bilan yozilgan “Rossiya Federatsiyasi ittifoq xavfsizligiga, Yevro-Atlantika hududi tinchligi va barqarorliga eng muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir” deyilgan NATOning Rossiya bilan munosabatlari to‘g‘risidagi manifestini qanday o‘qishni va vaqti-vaqti bilan qayta o‘qishni ham Rossiya yaxshi biladi.
NATO uchun Rossiya asosiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita dushman, ular bilan allaqachon qizg‘in urush olib borilmoqda.
Bunday sharoitda dushman bilan imzolanishi mumkin bo‘lgan yagona mantiqiy shartnoma – bu uning taslim bo‘lish shartnomasidir.