Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 11-mayning asosiy xabarlari

Maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiya bo‘ycha so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyati Dvurechnaya, Timkovka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 125 nafar harbiy xizmatchisi, to‘rtta harbiy texnikasi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasini yo‘q qildi.
Xarkov viloyatining Ivanovka qishlog‘i hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi, Neskuchnoe aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 67-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori vayron qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi LXRning Nevskoe, Chervonaya Dibrova aholi punktlari, shuningdek, DXRning Serebranka tumanlaridagi dushmanning 65 tagacha harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, shuningdek, ikkita D-20 va D-30 gaubitsalarini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida Artyomovsk shahri g‘arbiy qismida Rossiya hujumchi otradlari oldinga siljishda davom etmoqda. Ularni qanotlarda havo-desant qo‘shinlari yordamida qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘tgan kun davomida aviatsiya 8 marotaba parvoz qildi, "Janub" qo‘shinlar guruhi artilleriyasi 95 ta o‘t ochish nuqtalarini bostirish missiyasini bajardi.
DXRning Krasnoe, Kalinovka va Chasov Yar aholi punktlari hududlarida tezkor-taktik va armiya aviatsiyasi zarbalari, artilleriya o‘qlari dushmanning ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Artyomovskda oxirgi 24 soat ichida 230 nafar ukrainalik harbiy va yollanma askarlar, oltita texnika, D-30 gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 batareyaga qarshi radarlar yo‘q qilindi.
DXRning Kramatorsk shahri yaqinida UQKning 54-mexanizatsiyalashgan brigadasi artilleriya o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Ugledar, Prechistovka, Malinovka, Gulyaypole, Novodanilovka va Zaporomenskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 110 dan ortiq harbiy xizmatchisi va yettita harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyati Gulyaiypole qishlog‘i yaqinida 102-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 20 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan bitta M777 artilleriya tizimi, "Msta-B" gaubitsasi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Xerson shahri yaqinida 124-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 96 ta artilleriya bo‘linmalariga 123 ta tumandagi o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va texnikalariga zarba berdi.
Xerson viloyatining Chervoni Mayak qishlog‘i hududida UKQning Su-25 samolyoti havo mudofaasi qo‘shinlari tomonidan urib tushirildi.
Kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS ko‘p raketali tizimining 12 ta raketasi tutib olindi.
LXRning Belogorovka, DXRning Opitnoe, Valerianovka, Novobaxmutovka, Rabotino, Chubarevka, Novoprokofevka va Chapayevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 12 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 421 ta samolyot, 230 ta vertolot, 4 074 ta uchuvchisiz uchish apparati, 421 ta zenit-raketa majmuasi, 9 069 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 098 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining 1098 ta jangovar texnikasi, 78 ta raketa maydoni, 4 ta artilleriya qismlari va minomotlari, shuningdek, 10124 dona maxsus harbiy texnikasini yo‘qotdi.