Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023

Boks bo‘yicha JCh: yarim finalda o‘zbekistonlik bokschilar kimlarga qarshi jang qilishadi

Ertaga O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili yarim finalda ringga ko‘tariladi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final bahslari 12-may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili ringga ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida saralash bellashuvlari nihoyasiga yetdi. O‘zbekistondan 9 nafar bokschi yarim finalga yo‘llanma oldi.
12 may kuni ringga ko‘tariladigan bokschilar:
Soat 14:00 da boshlanuvchi bahslar:
-54 kg: Oybek Jo‘rayev – Dmitriy Dvali (Rossiya)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Misheyelt Battumur (Mo‘g‘uliston)
-75 kg: A’loxon Abdullayev - Vanderley Pereyra (Braziliya)
-92 kg Lazizbek Mullojonov – Muslim Gajimagomedov (Rossiya)
18:00 da boshlanuvchi bahslar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Martin Molina (Ispaniya)
-57 kg: Abdumalik Xalokov – Munarbek Seitbek (Qirg‘iziston)
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Xovanes Bachkov (Armaniston)
-71 kg: Saidjamshid Jafarov – Vanderson De-Oliveyra (Braziliya)
+92 kg: Bahodir Jalolov – Ayub Gadfa Drissi (Ispaniya)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati yarim finaliga eng ko‘p O‘zbekiston bokschilari yetib kelgani ma’lum qilingan edi.